Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-dekabrdagi 794-son qaroriga asosan qishloq va suv xo‘jaligida raqamli va geoaxborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi tashkil etilgan.